PTM Online Personalni tayyorlash muassasasi
Personalni tayyorlash muassasasi

Muassasa haqida

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ Personalni tayyorlash muassasasi haqida to'liq ma'lumot

Muassasa rahbariyati
3 mln+ Jami o'quvchilar
15 ming+ Malaka oshirganlar
20+ Yo'nalishlar
14 ta Hududiy qamrov
Biz haqimizda

Personalni tayyorlash muassasasi

Jamiyat bo'yicha imzolangan “Personalni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish to'g'risida” 2023 yil 20 oktabrdagi 11-NGK-son buyruqqa muvofiq, Toshkent temir yo'l texnikumi huzurida faoliyat yuritib kelgan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi hamda Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o'quv markazi negizida “Temiryo'linfratuzilma” AJ tarkibida faoliyat yurituvchi Personalni tayyorlash muassasasi (PTM) tashkil etildi.

Muassasa tarkibida faoliyat yurituvchi o'quv markazlar Nizomlari ishlab chiqilib, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo'nalishlari bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari o'quv reja va fan dasturlari tahlil qilindi.

PTM binosi
Muassasa faoliyati

Asosiy funksiyalar

Ta'lim jarayonini muvofiqlashtirish

Muassasa tuzilmalarini davlat ta'lim talablari, o'quv-uslubiy hujjatlari bilan ta'minlash, rejalashtirish hamda nazorat qilish.

Kredit-modul tizimi

Yangi joriy etilayotgan kredit-modul tizimi asosida kadrlar o'quv dasturlarini uzluksiz, mustaqil ravishda o'zlashtirishini boshqarish.

Raqamli ta'lim & QR-kod sertifikat

Masofaviy o'qitish platformasini yuritish, elektron sertifikatlar berish maqsadida QR-kodli "Elektron sertifikatlar repozitoriysi" tizimini qo'llash.

Kasb kompetensiyasini baholash

Murojaat qilgan tinglovchilar va talabgorlarning kasbiy layoqatini hamda standartlarga muvofiqligini xolis attestatsiyadan o'tkazish.

Xorijda ta'lim

Xalqaro hamkorlik va istiqbollar

2024 yildan boshlab Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha “El-yurt umidi” jamg'armasining grantlarida yosh kadrlar ishtirok etishi ta'minlanadi. Quyidagi ta'lim muassasalarida malaka oshirish rejalashtirilgan:

Seoul National University of Science & Tech (Janubiy Koreya)

  • Signallashtirish muhandisligi (Electric & Signalling Engineering)
  • Harakat tarkibi tizimlarini loyihalash (Rolling Stock System Engineering)
  • Temir yo'llarda harakat xavfsizligi (Railway Safety Engineering)
  • Temir yo'l boshqaruvi va tarif siyosati (Railway Management & Policy)

Germaniya va Avstriya OTMlari

  • TU Dresden (Germaniya): Intermodal tashishlarni boshqarish.
  • TU Wien (Avstriya): Yetkazib berish zanjirini boshqarish (Supply Chain).
  • TU Berlin (Germaniya): Temir yo'l ekspluatatsiyasi (Railway operations).
  • TU Graz (Avstriya): Tunellar qurilishi (Tunnel construction).

Rahbariyat bilan tanishing

Muassasa boshlig'i va o'rinbosari haqida ma'lumot, qabul vaqti va aloqa vositalari.